locale OZ

Xuan Sebastian Veron: «Messining hamma oʻyinlarda maydonga tusha olishiga ishonchim komil emas»

Sobiq futbolchi 38 yoshli yulduzning mundialdagi ishtiroki haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xuan Sebastian Veron: «Messining hamma oʻyinlarda maydonga tusha olishiga ishonchim komil emas»
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Xuan Sebastian Veron 38 yoshli jamoa sardori Lionel Messining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi barcha uchrashuvlarda ishtirok eta olishiga shubha bildirdi.

«Messi va uning Jahon chempionatidagi ishtirokiga nisbatan ehtiyotkor boʻlishimiz kerak. Uning yoshini hisobga olsak, barcha oʻyinlarda maydonga tusha olishiga ishonchim komil emas. Oʻylashimcha, biz unga yordam berishimiz, uning oʻzi ham bu yordamni qabul qilishiga yoʻl qoʻyishi kerak. Bu ham oson emas…

Hozirda Xulian Alvares, Lautaro Martines va Enso Fernandes ajoyib sport formasida. Shuningdek, yosh futbolchilarga ham eʼtibor qaratish lozim — Pas hozir yaxshi holatda, Lopes ham shunday», — dedi Veron.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting