Xuan Arisala «Milan» futbolchisi — Romano
«Rossonerilar» kolumbiyalik futbolchi transferi boʻyicha kelishuvga erishdi.
FOTO: Getty Images
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, 20 yoshli kolumbiyalik himoyachi Xuan Arisala «Deportivo Independiente» klubidan «Milan»ga o‘tmoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi bo‘yicha Angliya va Belgiya klublaridan kelgan takliflar rad etilgan.
Transfer summasi 3 mln yevroni tashkil etadi. Bu miqdor «Deportivo Independiente» va Kolumbiya chempionati tarixidagi eng qimmat sotuvlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida «Milan» «Brayton»dan chap qanot himoyachisi Pervis Estupinyanni ham sotib olgandi.
Joriy mavsumda 20 yoshli Xuan Arisala klub safida barcha turnirlar doirasida 26 uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol va bitta golli uzatma qayd etdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist