locale OZ

Xristos Tsolis — «Arsenal» futbolchisi

Uning transfer narxi 40 million yevroga baholangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xristos Tsolis — “Arsenal” futbolchisi
Фото: Arsenal

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachi Xristos Tsolisning Belgiya “Bryugge” jamoasidan transfer qilinganini e’lon qildi.

“Xristos Tsolis bilan uzoq muddatli shartnoma imzolanganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. 24 yoshli hujumkor futbolchi “Bryugge”dan safimizga qo’shildi. U Belgiya klubi safida barcha musobaqalarda 108 ta uchrashuvda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 45 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi”, — deyiladi klub xabarida.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” 2025/26 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumini 85 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlab, mamlakat chempioniga aylangan edi.

Londonliklar yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 21 avgust kuni “Koventri Siti”ga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting