locale OZ

Xotira turniri. O’FF jamoasi finalda Bunyodkor bilan o’ynaydi

Uchrashuv 2-oktyabr soat 17:30 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xotira turniri. O’FF jamoasi finalda Bunyodkor bilan o’ynaydi
photo: UFF

Taniqli futbol sharhlovchisi Axbor Imomxo‘jayev xotirasiga bag‘ishlab uchinchi marta o‘tkazilayotgan musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvlarida kuch sinashadigan jamoalar hamda muddati ma’lum bo‘ldi. Oldin xabar berganimizdek, musobaqaning “A” guruhida qatnashgan O‘zbekiston futzal federatsiyasi jamoasi barcha uchrashuvlarda raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egalladi. O‘FF 1-turda O‘FAni (4:2), 2-turda “Sport-TV”ni (7:0), 3-turda esa “Markaziy sektor” (13:0) jamoasini dog‘da qoldirdi.

“B” guruhidan esa final yollanmasi yo‘lida “Bunyodkor” futbol klubi faxriylari “Sport.uz” (2:0), “Tong” (8:2) va “Championat.asia” (4:0) jamoalaridan ustun keldi. Enda 2 oktabr sanasida ikkala guruhda yuz foizlik natija ko‘rsatgan jamoalar final uchrashuvida kuch sinashishadi. Guruhlarda 2-4 o‘rinlarni band etgan jamoalar ham pley-off seriyasida qolgan o‘rinlar uchun kurashni davom ettirishadi.

Pley-off uchrashuvlari taqvimi quyidagi suratda o‘z aksini topgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting