locale OZ

Xose Mariya Mendes — «Pulpis» dan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov nomiga maktub keldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, ispaniyalik taniqli mutaxassis sog'ligi bilan muammo sababli lavozimidan ketgan edi.
Xose Mariya Mendes — «Pulpis» dan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov nomiga maktub keldi
photo: UFF

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, ispaniyalik taniqli mutaxassis Xose Mariya Mendes — «Pulpis» dan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov nomiga maktub keldi.

Unda jumladan shunday deyiladi:

Hurmatli janob Bekzod Mamatqulov!

Sizga samimiy hurmatimni izhor etgan holda, ushbu minnatdorchilik maktubimni yo‘llayapman.

O‘zbekiston futzal federatsiyasining ishonchi hamda Sizning taklifingiz bilan milliy terma jamoa boshqaruvini katta umid va ezgu niyatlar bilan qabul qilgan edim.

Biroq, mutlaqo kutilmaganda sog‘lig‘im bilan bog‘liq jiddiy muammo tufayli shartnomada belgilangan muddatdan ancha oldin O‘zbekistondagi faoliyatimni yakunlayotganimdan afsusdaman. Shifokorlarning tavsiyasi va talabi bilan ma’lum muddat professional sportdan uzoqlashishim hamda jiddiy davolanish kursini o‘tashim zarur.

Shu bois ushbu maktubni xayrlashuv xati sifatida qabul qilishingizni so‘rayman.

Garchi qisqa fursat davomida hamkorlik qilgan bo‘lsak-da, Siz bilan birga ishlash imkoniyatini chin dildan qadrladim. Men masofadan turib bo‘lsa-da, milliy terma jamoaning bundan keyingi faoliyatini kuzatib, unga muxlislik qilib boraman.

Ishonchim komilki, Sizlar albatta Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritasizlar. Biz ishonch bildirgan yigitlar o‘zbek futzali muxlislariga hali ko‘plab quvonchli va unutilmas lahzalarni taqdim etadi.

Bo‘lajak murabbiylar shtabiga mening yordamim yoki maslahatim kerak bo‘lsa, hamisha ko‘mak berishga tayyor ekanligimni ma’lum qilmoqchiman.

Meni tushunganingiz va iste’fomni qabul qilganingiz uchun Sizga yana bir bor minnatdorlik bildiraman.

Sizga hamda o‘zbek futzaliga ulkan zafar, muvaffaqiyat va omad yor bo‘lishini tilayman.

Hurmat bilan,
Xose Mariya Pazos Mendes «Pulpis»

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting