locale OZ

\"Xorazm-w\" \"Sho'rtan-w\"ga javobsiz to'rtta gol urdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Xorazm-w" "Sho'rtan-w"ga javobsiz to'rtta gol urdi
PHOTO: Telegram

Sho‘rtan-W jamoasi navbatdagi tur doirasida Xorazmga safar uyushtirdi. Qizlarimiz kuchli raqibga qarshi maydonga tushishdi va bor kuchi bilan kurash olib borishdi. Biroq bugun omad mezbon tomonida bo‘ldi. Bellashuv 4:0 hisobida “Xorazm-W” foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida xorazmlik futbolchilar faol harakat qilib, 40-daqiqada Gulnoza Ahmedova hisobni ochdi. Ikkinchi taymda esa maydon egalari ustunligini kuchaytirishdi. 50-daqiqada Kamila Tuxtasinova, 55-daqiqada Dildora Utamova va 83-daqiqada Behzodaxon Eshmuradova gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi.

Sho‘rtan-W jamoasi barcha harakatlarda fidokorona o‘ynadi, bir necha bor qarshi hujum uyushtirdi, afsuski, ularni golga aylantira olmadi.

Ayollar Birinchi Ligasi – 6-tur

XORAZM-W 4:0 SHO‘RTAN-W

Gollar:
40' — G.Ahmedova (1:0)
50' — K.Tuxtasinova (2:0)
55' — D.Utamova (3:0)
83' — B.Eshmuradova (4:0)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting