Xorazmda «Hokim Olimpiadasi» doirasida boks musobaqalari o'tkazildi
Musobaqada yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan sportchilarni diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.
ФОТО: Getty images
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari dasturi doirasida boks sport turi bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani hokimi Olimpiadasi musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashib, ringda mahorat, tezkorlik va iroda namoyish etdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i N.Djumaniyazova hamda Qo‘shko‘pir tumani hokimi Sh.Axmedov ishtirok etib, musobaqada yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan sportchilarni diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist