Xorazmda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika musobaqasi o‘tkazildi
Sportning yengil atletika turi bo‘yicha Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Фото: Спорт вазирлиги
Urganch Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Urganch davlat universiteti (UrDU)
2-o‘rin — Urganch davlat pedagogika instituti (UrDPI)
3-o‘rin — “Ma’mun” universiteti
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist