locale OZ

Xorazm viloyati futbol akademiyasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, yosh futbolchilar uchun nihoyatda qiziqarli va mazmunli bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xorazm viloyati futbol akademiyasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Фото: Хоразм ПФК

Xorazm viloyati futbol akademiyasida yosh futbolchilarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash hamda jamoaviy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida Xorazm PFK sport direktori Xursandbek Matkariov hamda jamoa a’zolari Rustam Abdulhamidov va Abbos Otoxonov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida futbolchilar o‘zlarining professional faoliyati, katta futbolga kirib kelish jarayonlari hamda ko’plab millatlarda to‘p surgan davrlarida his etgan mas’uliyati, Vatan qadri, sog‘inch va ko’nikmalar haqida samimiy fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Shuningdek, yosh tarbiyalanuvchilarga sportda muvaffaqiyatga erishish yo‘lida intizom, mehnatsevarlik va Vatanga sadoqat muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, yosh futbolchilar uchun nihoyatda qiziqarli va mazmunli bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting