«Xorazm» jamoasi tibbiy ko‘rikdan o’tkazdildi
Barcha jarayonlar belgilangan tibbiy meʼyorlar asosida amalga oshirildi.
Фото: Хоразм ПФК
Yangi mavsum oldidan Xorazm PFK jamoasi futbolchilari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy nazorat jarayonida futbolchilarning umumiy sog‘ligi, jismoniy holati hamda sport faoliyatiga tayyorgarlik darajasi mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganildi.
Ko‘rik davomida yurak-qon tomir tizimi, nafas olish, suyak-muskul tizimi holati, shuningdek, umumiy tibbiy tahlillar o‘tkazildi. Barcha jarayonlar belgilangan tibbiy meʼyorlar asosida amalga oshirildi.
Tibbiy ko‘rikning asosiy maqsadi — futbolchilar sog‘ligini muhofaza qilish, jarohatlarning oldini olish va mavsum davomida jamoaning barqaror ishtirokini taʼminlashdan iborat.
Jamoa aʼzolari keyingi mashg‘ulotlar va musobaqalarga to‘liq tayyor holda kirishishi rejalashtirilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist