locale OZ

Xoll «Manchester Yunayted»ga o‘tishni qat’iy istamoqda

Lyuisning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xoll «Manchester Yunayted»ga o‘tishni qat’iy istamoqda
ФОТО: Getty images

«Nyukasl»ning chap qanot himoyachisi Lyuis Xoll klubni tark etish niyatida ekanini rahbariyatga bildirgan.

21 yoshli futbolchi faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishni istamoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xoll «Nyukasl»da Eddi Xau qo‘l ostida yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lmagani sababli 2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibiga kirmay qolgan, deb hisoblaydi. Klubda yangi bosh murabbiy Mattias Yayssle ish boshlaganiga qaramay, futbolchining jamoani tark etish istagi o‘zgarmagan.

Ayni paytda «Manchester Yunayted» Xollni chap qanot himoyasi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Biroq «Nyukasl» futbolchini sotishga qarshi va avvalroq mankunianliklarning so‘rovini rad etgan.

Xollning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda. O‘tgan mavsumda ingliz himoyachisi barcha turnirlarda 47 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting