Ximenes «Vulverxempton»ga qaytishi mumkin
Ximenes 2018 yildan 2023 yilgacha 'Vulverxempton'da o‘ynagan.
ФОТО: Getty images
Meksika terma jamoasi hujumchisi Raul Ximenes bu yozda katta ehtimol bilan 'Vulverxempton'ga qaytadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.
O‘tgan mavsumda Ximenes 'Fulhem' safida to‘p surgan, o‘tgan klub mavsumining 43 ta o‘yinida futbolchi 10 ta gol urib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan.
O‘yinchining London klubi bilan shartnomasi 2026 yil 30 iyunda yakuniga yetadi. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, meksikalikning hozirgi bozor qiymati 3 mln yevroni tashkil etadi.
Ximenes 2018 yildan 2023 yilgacha 'Vulverxempton'da o‘ynagan. Umuman olganda, futbolchi ushbu jamoa tarkibida 166 ta uchrashuvda ishtirok etib, 57 ta gol urgan va 23 ta assist qayd etgan.