Ximenes penaltidan unumli foydalanish boʻyicha APL tarixiga kirdi
Meksikalik forvard 11 ta penaltining barchasini aniq amalga oshirdi.
FOTO: Getty Images
Londonning «Fulhem» klubi hujumchisi Raul Ximenes Angliya Premyer-ligasi tarixida penaltidan foydalanish bo‘yicha rekordni takrorladi.
Meksikalik forvard 11 ta penaltining barchasini aniq amalga oshirib, sobiq «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Yaya Ture qayd etgan natijaga tenglashdi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Ximenes 34 yoshda bo‘lib, u «Fulhem» safida 2023 yil yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda tajribali hujumchi barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Raul Ximenesning bozor qiymati 4 mln yevroni tashkil etadi. Hujumchining «Fulhem» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist