locale OZ

Xayrulla Hamidov: \"Finalga muhlislar Saudiyaga olib borilishi mumkin\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xayrulla Hamidov: "Finalga muhlislar Saudiyaga olib borilishi mumkin"
Photo: gettyimages

Hozirgina O'zbekiston U17 terma jamoasi yarim final bahsida Shimoliy Koreya futbolchilarini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'yin davomida translatsiya rejissorlari o'zbek muhlislarini ko'rsatishdi. Uchrashuvni Eldor Mustofoyev va Xayrulla Hamidovlar sharhlab borishdi. Muhlislarimiz ko'rsatilgan vaziyatda Xayrulla Hamidov finalga o'zbek muhlislari charter reys orqali Saudiyaga borishi haqida ma'lumot berdi.

Hamidov: "Menga ma'lumot berishlaricha, finalga charter reys bilan muhlislar armiyasi Saudiyaga borishi mumkin ekan. Kimligini tasavvur qilib ulgurdingiz",- deb Ultras fan klubiga sha'ma qildi sharhlovchi.

Eslatib o'tamiz "Andijon Ultras" fan klubi Parijdagi Olimpiyada o'yinlarida katta shov-shuvlarni yuzaga keltirib, vakillarimizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting