locale OZ

Xavyer Tebas: «Barselona» hakamlarni sotib olmagan, bu aniq»

La Liga prezidenti «Negreyra ishi» boʻyicha munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavyer Tebas: «Barselona» hakamlarni sotib olmagan, bu aniq»
FOTO: Getty Images

La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Negreyra ishi» bo‘yicha davom etayotgan mojaroli vaziyatga munosabat bildirib, «Barselona» hakamlarni sotib olgan degan ayblovlarni rad etdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

«Biz huquqiy davlatda yashayapmiz va qoidalar hamma uchun barobar. Prokuraturaga birinchi bo‘lib «Real» emas, aynan biz murojaat qilganmiz. Sport to‘g‘risidagi qonunda bunday holatlar uchun uch yillik da’vo muddati belgilangan. Men bu muddat ancha uzoqroq bo‘lishi tarafdori edim. Biroq hozirgi vaziyatda bir narsa ayon — «Barselona» hakamlarga pul to‘lamagan, voqealar rivoji shuni ko‘rsatmoqda», — deya ta’kidladi Tebas.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2023 yilda «ko‘k-anorranglilar»ga hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyraga 2001–2018 yillar oralig‘ida jami 8,4 mln yevro miqdorida pora berganlik aybi qo‘yilgan edi.

«Barselona» esa ushbu mablag‘lar hakamlik bo‘yicha texnik hisobotlar tayyorlovchi tashqi maslahatchi xizmati uchun to‘langanini ta’kidlab keladi. Sobiq amaldor ham hakamlar qaroriga ta’sir o‘tkazish maqsadida pora olganini mutloq rad etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting