locale OZ

Xavi «Spartak»ning taklifini rad etdi

Moskva klubi Rossiya chempionati turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavi «Spartak»ning taklifini rad etdi
ФОТО: Getty images

"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Moskvaning "Spartak" klubini boshqarish imkoniyatidan voz kechdi. Bu haqda Metaratings.ru xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati 45 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan bog‘langan. Biroq u Rossiyada ishlash variantini qabul qilmagan.

Shundan so‘ng klub rahbariyati bosh murabbiy Deyan Stankovichni lavozimida qoldirishga qaror qilgan.

Moskva jamoasi Rossiya Premyer-ligasining 11 ta turidan keyin 18 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting