Xavi Simons — «Tottenhem» futbolchisi (The Athletic)
Фото: Getty Images
Xavi Simons "Tottenhem"ga o'tmoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Angliya klubi 22 yoshli hujumkor yarimhimoyachining transferi borasida "Leyptsig" bilan kelishuvga erishdi. Londonliklar niderlandiyalik futbolchi uchun 60 million yevro to'lashadi.
U yangi jamoasi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham kelishib oldi. Tez orada tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Simons so'nggi ikki mavsumni "Leyptsig"da o'tkazgan. U o'tgan mavsumda Bundesligada 25 o'yinda 10 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist