locale OZ

Xavi: «Messi 2010 yilgi «Oltin toʻp»ni haqqoniy yutgan»

«Barselona» sobiq yarimhimoyachisi Leo haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavi: «Messi 2010 yilgi «Oltin toʻp»ni haqqoniy yutgan»
FOTO: Getty Images

«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Xavi «ko‘k-anorranglilar»ning sobiq hujumchisi Lionel Messi 2010 yilda «Oltin to‘p»ni haqli ravishda qo‘lga kiritgan deb hisoblaydi.

«Messi futbolchi sifatida mendan ancha ustun, bunga hech qanday shubha yo‘q, bizni o‘zaro solishtirishning o‘zi mantiqsiz. U 2010 yilgi «Oltin to‘p»ni yutganida, adolat qaror topganini his qilganman. Men «Oltin to‘p»dan mahrum bo‘lganimni yoki mendan tortib olinganini his qilmayman», — dedi Xavi Romarioning YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda Xavi tarkibida bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi. O‘sha yilgi «Oltin to‘p» so‘rovnomasida ispaniyalik yarimhimoyachi uchinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi pog‘onadan esa «Barselona» va «Furiya Roxa»ning yana bir sobiq yarimhimoyachisi Andres Inyesta joy olgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting