locale OZ

Xavi: «Mening «Barsa» murabbiyi sifatidagi bobim yopildi»

Ispaniyalik mutaxassis «Barselona»ga qaytish imkoniyatlarini rad etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavi: «Mening «Barsa» murabbiyi sifatidagi bobim yopildi»
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes kelajakda yana «ko‘k-anorranglilar» boshqaruviga qaytishi borasidagi savollarga aniq javob berdi.

La Vanguardia nashriga bergan intervyusida ispaniyalik mutaxassis klubdagi faoliyati yakunlanganini ta’kidladi:

«Mening «Barsa» murabbiyi sifatidagi bobim yopildi, buni hozir shunday ko‘ryapman. Men ortga qaytmayman», — dedi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, Xavi 2021 yildan 2024 yilga qadar «Barselona»ni boshqargan va ushbu davrda Ispaniya chempionligi hamda mamlakat Superkubogida zafar quchgan edi. Bungacha u Qatarning «Al Sadd» klubida murabbiylik qilgan.

Hozirda hech qaysi jamoada faoliyat yuritmayotgan mutaxassis atrofida turli mish-mishlar yuribdi. Xususan, so‘nggi xabarlarda uning xizmatiga Marokash milliy terma jamoasi tomonidan qiziqish bildirilayotgani aytilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting