locale OZ

Xavi Joan Laportani o‘ziga qarshi «media-kampaniya» uyushtirishda aybladi

Ispaniyalik mutaxassis «Barselona»sagi kadrlar siyosati borasidagi haqiqatlarni ochiqladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavi Joan Laportani o‘ziga qarshi «media-kampaniya» uyushtirishda aybladi
FOTO: Getty Images

«Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub prezidenti Joan Laporta bilan bo‘lgan keskin munosabatlari va klubdagi kadrlar siyosati borasidagi haqiqatlarni ochiqladi. Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, Laporta uning nufuziga putur yetkazish uchun ataylab yolg‘on ma’lumot tarqatgan.

La Vanguardia nashriga bergan intervyusida Xavi shunday dedi:

«Laporta menga qarshi media-kampaniya boshladi. U hatto Serxi Roberto, Arauxo, Pedri va Rafinya kabi futbolchilar bilan suhbatlashib, go‘yoki men ularni sotmoqchi ekanligimni aytgan. Bu — mutlaqo yolg‘on. Men hech qanday futbolchilar ro‘yxatini tuzmaganman. Biz faqat bir nafar futbolchini sotish masalasini muhokama qilganmiz, biroq hurmat yuzasidan uning ismini aytmayman. Laporta esa men 10 nafar futbolchini tarkibdan chiqarib yubormoqchi bo‘lganimni aytib yuribdi. Bunday odamlarga ishonib bo‘lmaydi».

Eslatib o‘tamiz, Xavi 2021 yildan 2024 yilga qadar «Barselona»ga murabbiylik qilgan va jamoa bilan Ispaniya chempionati hamda Superkubogini qo‘lga kiritgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting