Xavi JCh-2026'da kim gʻolib boʻlishini taxmin qildi
Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Sky Sports nashriga bergan intervyusida 2026 yilgi Jahon chempionati haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Xavining soʻzlariga koʻra, musobaqa gʻolibi Ispaniya milliy jamoasi boʻladi. Uning fikricha, «Barselona»ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal nafaqat turnirning eng yaxshi toʻpurari, balki eng yaxshi futbolchisi ham boʻladi.
Sobiq murabbiy Marokash milliy jamoasini Jahon chempionatining eng kutilmagan jamoasi sifatida tilga oldi. Eng yaxshi yosh futbolchi nomiga esa «Barselona»ning 22 yoshli markaziy yarimhimoyachisi Pedrini loyiq deb bildi.
Eslatib oʻtamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati iyun—iyul oylarida AQSh, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtadi. Bu galgi turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi.