locale OZ

Xavi: «JCh-2022'dan soʻng Messining qaytishi hal qilingandi, bizda La Liganing ruxsati ham bor edi»

Xavi Lionel Messi «Barselona»ga qaytmaganining asl sababini oshkor qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavi: «JCh-2022'dan soʻng Messining qaytishi hal qilingandi, bizda La Liganing ruxsati ham bor edi»
FOTO: Getty Images

«Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernesto Ernandes Lionel Messining kataloniyaliklar safiga qaytishi nega amalga oshmay qolganiga oydinlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga klub prezidenti Joan Laporta to‘sqinlik qilgan.

La Vanguardia nashriga bergan intervyusida Xavi shunday dedi:

«Qatardagi 2022 yilgi jahon chempionatidan so‘ng Messining qaytishi hal qilingan masala edi. Leo qaytishni xohlagandi, bizda La Liganing ruxsati ham bor edi. Biroq Laporta transferni to‘xtatib qo‘ydi. U menga, agar Messi qaytsa, maoshlar borasida muammolar yuzaga kelishini va klub buni ko‘tara olmasligini aytdi».

Xavi, shuningdek, Messining qaytmasligiga La Liganing cheklovlari yoki futbolchining otasi pul talab qilgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Uning fikricha, bu faqat Laportaning shaxsiy qarori bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Lionel Messi faoliyatini AQShning «Inter Mayami» klubida davom ettirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting