Xavi «Chelsi»ni boshqarishga tayyor, biroq London klubi boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda
Ispaniyalik mutaxassisning soʻngi ish joyi «Barselona» edi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Angliyaga ko‘chib o‘tishga va «Chelsi» jamoasini boshqarishga tayyor. Biroq, London klubi hozircha ispaniyalik mutaxassis xizmatlariga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, ayni damda «Chelsi» rahbariyati bosh murabbiy lavozimi uchun Xabi Alonso, Marku Silva va Andoni Iraola nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu mutaxassislar klubning «kuchli nazorati ostida» bo‘lib turibdi.
Xavining oxirgi ish joyi «Barselona» bo‘lib, u jamoani 2021 yildan 2024 yilga qadar boshqargan edi. Uning qo‘l ostida «ko‘k-anorranglilar» Ispaniya chempionligi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritishgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist