Xavi «Chelsi» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
U hozirda ishsiz.
ФОТО: Getty images
Xavi “Chelsi” bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlardan biridir. Londonliklar Liam Rosenior ishdan bo‘shatilganidan so‘ng murabbiy qidirmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Chelsi” rahbariyati 46 yoshli Xavi nomzodini ijobiy baholamoqda, chunki uning uslubi Enzo Mareska jamoada yo‘lga qo‘ygan futbolga o‘xshaydi.
Mareska qo‘l ostida “Chelsi” Konferensiyalar Ligasini va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini qo‘lga kiritgan.
Xavi 2021-yildan 2024-yilgacha “Barselona”ni boshqargan. Uning qo‘l ostida kataloniyaliklar chempionlik va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist