Xavi: «Bizda Neymarni ortga qaytarish imkoniyati bor edi, ammo bu amalga oshmadi»
«Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi braziliyalik hujumchining kataloniyaliklar safiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
FOTO: Getty Images
«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi va murabbiyi Xavi braziliyalik hujumchi Neymarning Kataloniya klubiga amalga oshmagan qaytishi haqida gapirib berdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda futbolchi «Santos» sharafini himoya qilmoqda.
«Bunday imkoniyat bor edi, biroq u amalga oshmadi. Bunga bizning o‘ta og‘ir moliyaviy holatimiz sabab bo‘ldi. Moliyaviy feyr-pley qoidalari bizni qattiq cheklab qo‘ygandi, avvalgi davrdan meros bo‘lib qolgan maoshlar esa jamoani kuchaytirish borasidagi rejalarimizga katta ta’sir o‘tkazdi.
Bu biz uchun og‘ir va nihoyatda murakkab davr edi, aynan shu sababli Neymarga bizning moliyaviy hisob-kitoblarimizda joy topilmadi», — dedi Xavi Romarioning YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Nasrullo Karimov
Jurnalist