Xavertzning qachon qaytishining taxminiy vaqti ma'lum
Nemis futbolchisi tizzasidan olgan jarohati sababli 17 avgustdan beri o‘ynamayapti.
ФОТО: Getty images
“Arsenal” hujumchisi Kai Xavertz jarohati sababli yaqin haftalarni ham o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Nemis futbolchisi tizzasidan olgan jarohati tufayli 17 avgustdan buyon maydonga tushmayapti. U jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Avvalroq Xavertz asosiy tarkibga qaytishiga bir hafta qolgani aytilgan edi, biroq jarohat asorat berdi. 26 yoshli forvard maydonga yanvar oyining boshida yoki o‘rtalarida qaytishi mumkin.
Qayd etilishicha, Kai 8 yanvar kuni APL doirasidagi “Liverpul”ga qarshi o‘yinda “Arsenal” qaydnomasiga kiritilishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist