locale OZ

Xaver Tebas “Real Madrid”ning hakamlik bo‘yicha e’tirozlariga javob qaytardi

Uning fikricha, ayrim hakamlik xatolarini chempionatda klubga qarshi tizimli munosabat borligiga dalil sifatida ko‘rsatish noto‘g‘ri.
Xaver Tebas “Real Madrid”ning hakamlik bo‘yicha e’tirozlariga javob qaytardi
Foto: Getty Images

La Liga prezidenti Xaver Tebas “Real Madrid”ning Madrid derbisidan keyin hakamlik borasida bildirgan e’tirozlariga munosabat bildirdi. Uning fikricha, ayrim hakamlik xatolarini chempionatda klubga qarshi tizimli munosabat borligiga dalil sifatida ko‘rsatish noto‘g‘ri. Bu haqda EFE xabar bermoqda.

Tebas “Real”ga qarshi hakamlar ataylab ishlayotgani haqidagi fikrlarni keskin rad etdi. “Hakamlar ‘Real Madrid’ga qarshi yo‘naltirilganini aytish — boshqa galaktikada yashash bilan barobar. Maydonda nima bo‘layotganini tahlil qilishdan ko‘ra, fitna haqida gapirish osonroq”, — dedi La Liga rahbari.

Shuningdek, Tebas “Real”ning ayrim bahsli epizodlar yuzasidan noroziligini tushunishini, biroq hakamlarga bosim o‘tkazish uslubini ma’qullamasligini ta’kidladi. U birgina hakamlik xatosi “fitna” mavjudligini isbotlamasligini aytib, “hali sentabr, ular esa chempionatni allaqachon adolatsiz deb atamoqda”, deya fikr bildirdi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” La Liganing 7-turida “Atletiko”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur uchrashuvdan keyin madridliklar hakam Migel Anxel Ortiz Ariasning bir qator qarorlariga e’tiroz bildirgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting