Xau jarohatdagi Vissa haqida ma'lumot berdi
Futbolchi yozgi transfer oynasida "qarğalar" safiga qo'shilgandi.
ФОТО: Getty images
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa hujumchisi Yoan Vissaning holati haqida ma'lumot berdi.
Futbolchi yozgi transfer oynasida "qarğalar" safiga qo'shilgan, biroq darhol jarohat olgan va hali ham jamoada debyutini o'tkazmagan.
"Biz uning qaytishiga yaqinlashmoqdamiz. Chorshanba kuni 11 ga 11 o'yinini o'tkazdik, qaysidir ma'noda bu uning uchun edi. U maydonda taxminan yarim soat bo'ldi. Quvonarli jihati shuki, u yaxshi ishladi. Tez orada u qaytishga tayyormi yo'qligini hal qilamiz", - deya Xauning so'zlarini keltiradi "qarğalar" matbuot xizmati.
Ertaga, 6-dekabr kuni Angliya Premer-ligasining 15-turidan o'rin olgan "Nyukasl" - "Byornli" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist