Xau «Barselona»dan uchralgan mag'lubiyat haqida: «Natijadan hafsalam pir bo'ldi»
Eddi jamoasining mag'lubiyatini gapirdi.
ФОТО: Getty images
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau Chempionlar ligasida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Albatta, natijadan hafsalam pir bo'ldi. Garchi mag'lub bo'lganimizga qaramay, o'yinda edik. "Barselona"dan ortda qolayotganimizni his qilmadik. Birinchi bo'limda gol ura olmaganimiz juda alamli. Bu esa o'yindagi natijaga ta'sir qildi.
Futbolchilar jonbozlik ko'rsatishdi, lekin qaysidir joylarda bizga mahorat yetishmadi. Vaziatlardan foydalanib qololmadik. "Barselona" kabi jamoalarga qarshi bahslarda har bir vaziyatdan foydalanish muhim. Chunki bunday raqibga qarshi ko'p ham imkoniyat bo'lmasligi mumkin”, — dedi Xau.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist