locale OZ

Xarri Maguayr: Bu qaror uning o‘zi uchun ham, klub uchun ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak

«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr hujumchi Markus Reshfordning «qizil iblislar» lageriga qaytishi borasida o‘z fikrini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xarri Maguayr: Bu qaror uning o‘zi uchun ham, klub uchun ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak
photo: gettyimages

«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr hujumchi Markus Reshfordning «qizil iblislar» lageriga qaytishi borasida o‘z fikrini bildirdi.

«Markus bilan munosabatlarimiz a’lo darajada va shu yillar davomida ko‘plab ajoyib lahzalarni birgalikda boshdan kechirganmiz. U qanday ajoyib futbolchi bo‘la olishini juda yaxshi bilaman. Ikki tomonlama maqbul qaror topish klub va Markusning o‘ziga bog‘liq ekanligiga ishonchim komil.

Albatta, agar Markus qaytsa, biz uning maydonda to‘p surishini, baxtli bo‘lishini va o‘z kuchiga ishonishini istaymiz. Bu qaror uning o‘zi uchun ham, klub uchun ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Ammo keyingi mavsumda qaysi klubda o‘ynashidan qat’i nazar, Markusning har qanday jamoa uchun qanchalik foydali futbolchi bo‘la olishini hamma biladi», — deya Maguayrning so‘zlarini keltiradi jurnalist Stiven Railston.

2025/26 yilgi mavsumda Reshford «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda jami 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting