Xames Rodriges Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda
Xames hozirda Meksika chempionatida o'ynamoqda.
ФОТО: Getty images
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges Yevropaga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Manbaga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "Real Oviedo" klubi qiziqish bildirmoqda. Xames ayni damda Meksikaning "Leon" klubi sharafini himoya qilmoqda. Xavbekning mehnat shartnomasi dekabr oyida yakunlanadi.
Qayd etilishicha, futbolchi La Ligaga qaytishga ijobiy qaramoqda. Yarim himoyachi Kolumbiya bilan birga Jahon chempionatiga bormoqchi.
Xames Rodriges bu mavsum "Leon" safida 16 ta o'yin o'tkazib, uchta gol va ikkita assist qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist