locale OZ

Xames Rodriges terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

35 yoshli futbolchi ayni vaqtda Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” klubida to‘p tepmoqda.
Xames Rodriges terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

2014-yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbolchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

35 yoshli futbolchi ayni vaqtda Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” klubida to‘p tepmoqda. Yevropada esa u Ispaniyaning “Real Madrid” va “Rayo Valyekano”, Angliyaning “Everton”, Germaniyaning “Bavariya”, Fransiyaning “Monako” hamda Portugaliyaning “Portu” klublarida o‘ynagan.

Rodriges “Real Madrid” bilan ikki marta La Liga, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting