locale OZ

Xames Rodriges oʻziga yangi jamoa qidirmoqda

Kolumbiyalik futbolchi hozirda «Leon» klubi safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xames Rodriges oʻziga yangi jamoa qidirmoqda
FOTO: Getty Images

Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges hali ham yangi jamoa izlamoqda. Rasmiy ravishda Meksikaning «Leon» klubiga tegishli bo‘lsa-da, futbolchi istalgan vaqtda erkin agent sifatida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Uning hozirgi maqomi transfer oynasidan tashqari muzokaralar olib borishga imkon beradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, sobiq «Real Madrid» futbolchisi «Orlando Siti» bilan muzokaralar olib bormayapti. Shu tariqa, AQSh klubi bilan transfer borasidagi avvalgi mish-mishlar rad etildi.

34 yoshli hujumkor yarim himoyachining kelajagi hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Kolumbiya milliy jamoasining yulduzi yaqin vaqt ichida yangi jamoa topishiga umid qilmoqda. Xames joriy yil boshida «Leon» tarkibiga qo‘shilgan edi.

Meksikaga yo‘l olguniga qadar Rodriges Ispaniyaning «Rayo Valyekano» klubiga tegishli bo‘lgan. Biroq u Madrid jamoasi safida deyarli maydonga tushmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting