locale OZ

Xames Rodriges «Minnesota United»ni tark etdi

Kolumbiyalik futbolchi erkin agentga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xames Rodriges "Minnesota United"ni tark etdi
ФОТО: Getty images

Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges AQSHning MLS chempionatida ishtirok etuvchi "Minnesota United" klubini tark etdi.

22 iyul kuni klub rasmiy ravishda futbolchi bilan tuzilgan shartnoma muddati yakunlangani munosabati bilan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi.

35 yoshli Rodriges "Minnesota United" safida jami 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Xames Rodriges faoliyati davomida Fransiyaning "Monako", Ispaniyaning "Real Madrid", Germaniyaning "Bavariya" hamda boshqa qator mashhur klublar sharafini himoya qilgan. U, shuningdek, Kolumbiya terma jamoasining so‘nggi yillardagi eng yorqin futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting