Xames Rodriges faoliyatini yakunlashi haqidagi mish-mishlarga javob berdi
“Minnesota United” yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z fikrini bildirdi.
“Bu ma'lumotni kim tarqatganini bilmayman, ehtimol, Kolumbiyada kimdir ko‘rishlar yoki layk yig‘ish uchun bunga qo‘l urgan. Bunday ma'lumotda biroz ham yaxshi xabardor bo‘lish kerak edi. Qancha vaqt o‘ynashni faqat men bilsam bo‘ladi. Shuni aytaman: menda yana bir necha yillik karera bor. Hammasi yolg‘on gaplar. Bu mamlakatga va odamlarga zarar keltiradi. Ko‘pchilik haqiqatga to‘g‘ri kelmaydiganga ishonadi. Men bunday narsani hech qachon aytmaganman”, — dedi Rodriges Footmercato’ga, TyC Sports’ga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u har kuni yaxshi mashg‘ulot o‘tadi va maydonda har doim barcha imkoniyatlarini ishga soladi. “20, 30 yoki 40 daqiqa o‘ynashingdan qat’i nazar, o‘yinni o‘zgartirishga tayyor bo‘lishing kerak. Men kelajak haqida o‘ylashim lozim. Men endi yosh emasman, ammo ishonamanki, oldimizda ijobiy narsalar bor”, — dedi futbolchi.