Xames faoliyatini MLSda davom ettiradi
Shartnoma 2026 yil yozigacha mo'ljallangan.
Фото: Миннесота Юнайтед
Xames Rodriges faoliyatini MLSda davom ettiradigan bo'ldi. Tajribali futbolchi “Minnesota United” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Xames Amerika klubiga erkin agent sifatida qo'shildi. Shartnoma 2026 yil yozigacha mo'ljallangan bo'lib, “Minnesota”da uni yil oxirigacha uzaytirish huquqi mavjud.
AQShga ko'chib o'tishdan oldin Xames 2025 yil boshidan buyon Meksikaning “Leon” klubida o'ynagan edi. U yerda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist