locale OZ

Xalqaro Velosport Ittifoqi (UCI) va Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ACC) mutaxassislari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xalqaro Velosport Ittifoqi (UCI) va Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ACC) mutaxassislari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
PHOTO: Telegram

Bugun Xalqaro Velosport Ittifoqi Prezidenti David Lappartient, UCI bosh direktori Amina Lanaya hamda UCI vitse-prezidenti Enrico Dele Casso bilan Osiyo Velosport Konfederatsiyasi Prezidenti Dato Amarjit Singgh Gill va Osiyo Velosport Konfederatsiyasi bosh kotibi Kozim Oʻrinboyxoʻjayevlar oʻrtasida muhim uchrashuv oʻtkazildi.

Unda bir qator muhim, istiqbolli masalalar; Osiyo Velosport federatsiyasi bilan hamkorlik qilish, yaqinda Osiyo velosportida boʻlgan oʻzgarish - yangi rahbariyat, yangi jamoani kelgusida qilinajak ishlari va rejalari yuzasidan "UCI" rahbariyatiga "ACC" tomonidan ma'lumotlar berilib, taqdimot koʻrsatildi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston boʻyicha ham gaplashilindi. Jumladan, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi faoliyatidagi masalalar boʻyicha muhokama qilindi. Shuningdek, yurtimizda oʻtkazilishi kerak boʻlgan xalqaro musobaqalar, murabbiylarni qayta tayyorlash hamda yosh sportchilarni Yevropa jamoalar tarkibiga (legioner) sifatida qoʻshish yuzasidan takliflar berilib, fikrlar almashildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting