Xalkning keyingi jamoasi ma'lum
“Atletiko Mineyro”ni tark etgan hujumchi Xalk faoliyatini “Fluminense”da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi. Ehtimoliy transfer tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti.
39 yoshli forvard 2021-yil fevralidan beri “Atletiko Mineyro” safida to‘p surib kelayotgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2026-yil oxirigacha mo‘ljallangan edi, Transfermarkt portali esa futbolchini taxminan 1 million yevroga baholamoqda.
Faoliyati davomida Xalk, shuningdek, “Shanxay Port”, “Zenit”, “Portu”, “Tokio Verdi”, “Kavasaki Frontale”, “Konsadole Sapporo” va “Vitoriya” klublarida ham to‘p surgan.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi “Atletiko Mineyro” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.