locale OZ

Xadzime Moriyasu: «Yaponiya terma jamoasining haqiqiy kuchi — uning qatʼiyatidadir»

Yaponiya bosh murabbiyi Niderlandiyaga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xadzime Moriyasu: «Yaponiya terma jamoasining haqiqiy kuchi — uning qatʼiyatidadir»
FOTO: Getty Images

Yaponiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xadzime Moriyasu 2026-yilgi Jahon chempionatining «F» guruhi 1-turi doirasida Niderlandiyaga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻyin oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Ushbu uchrashuv bugun, 14-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

«Qatardagi Jahon chempionati davomida ham, ushbu chempionatda ham oʻyinimizning asosi doimo jamoaviy taktika boʻlib kelgan. Mazkur turnir oldidan biz oʻyin modelimizni yanada takomillashtirish ustida ish olib bordik. Murabbiylarimiz ham hujum, ham himoya modellarini rivojlantirishga eʼtibor qaratishdi. Ushbu modellar doirasida futbolchilar maydondagi vaziyatga qarab qanday oʻynashni oʻzlari tanlashadi, oʻyin davomidagi individual toʻqnashuvlarda esa bir-birlari bilan aloqada boʻlib, yaxlit bir jamoa boʻlib qolishadi. Aynan mana shu jihatdan biz Jahon chempionati oldidan jamoa sifatida oʻsdik deb hisoblayman.

Qatʼiyatni turlicha tushunish mumkin, ammo biz, yaponlar, oʻz oldimizga maqsad qoʻydikmi, astoydil harakat qilamiz va oldinga intilish kuchini namoyish eta olamiz. Futbol tili bilan aytganda, birinchi hushtakdan tortib to oxirgisigacha tinimsiz mehnat qilishda davom etamiz.

Hozirda biz kelajak uchun — Jahon chempionatida gʻalaba qozonish uchun kurashmoqdamiz va estafetani oʻz tariximiz orqali keyingi avlodlarga uzatmoqdamiz. Oʻylashimcha, yaponlarning haqiqiy kuchi aynan mana shunda namoyon boʻladi», — deya Moriyasuning soʻzlarini FIFA rasmiy sayti keltirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, guruh bosqichining 2-turida Niderlandiya terma jamoasi Shvetsiya bilan (20-iyun), 3-turda esa Tunis bilan (26-iyun) toʻqnash keladi. Yaponiya esa 2-turda Tunisga qarshi (21-iyun) maydonga tushsa, 3-turda Shvetsiya bilan (26-iyun) kuch sinashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting