locale OZ

Xabi Alonso “Real”ni boshqarishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso “Real”ni boshqarishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
FOTO: Getty Images

Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso joriy mavsum yakunlanganidan so'ng “Real Madrid”ni boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“Biz bor etiborimizni mavsumning qolgan qismiga qaratishimiz kerak. Mavsum hali tugamagan. Bizni oldinda yana beshta o'yin kutib turibdi. Buni yodda tutishimiz kerak.

Kelajak haqida gapirishni istamayman. Konsentratsiya”ni yo'qotish yaxshi emas. Bu mavzu hozircha muhim emas”, - deydi Alonso.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da Alonsoning maslahatchisi “Real Madrid” vakillari bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting