Xabi Alonso «Real»da 30+ o‘yinda sovrinsiz qolgan ilk murabbiy bo‘ldi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Xabi Alonso klub tarixida 30 tadan ortiq uchrashuv o‘tkazib, birorta ham sovrin yutmagan ilk mutaxassisga aylandi. Bunday holat oxirgi marta 2009/2010 yilgi mavsumda Manuel Pellegrini davrida qayd etilgandi. Bu haqda Squawka statistik portali xabar bermoqda.
Qizig‘i shundaki, 2009/2010 yilgi mavsum Xabi Alonso uchun «Real» safidagi futbolchi sifatidagi ilk mavsum ham bo‘lgan.
Alonsoning ketishidan so‘ng klub rahbariyati Alvaro Arbeloani bosh murabbiy etib tayinlaganini e’lon qildi. Avvalroq Arbeloa «Real Madrid Kastilya», ya’ni madridliklarning zaxira jamoasini boshqarib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni «Real» Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.