locale OZ

Xabi Alonso “Real Madrid” boshqaruviga kelsa, kimlar bilan shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso “Real Madrid” boshqaruviga kelsa, kimlar bilan shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso “Real” boshqaruviga kelsa, Florian Virts, Jonatan Ta va Martin Subimendi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Real” Virts va Subimendini anchadan buyon kuzatib bormoqda. Ushbu ikki transfer uchun madridliklar jami 160 million yevro sarflashi mumkin.

Jonatan Ta esa mavsum oxirida “Bayer”ni erkin agent sifatida tark etadi. Futbolchi “Barselona” bilan oldindan kelishuvga erishgan. Biroq kataloniyaliklar shartnomani vaqtida rasiylashtira olmasligi ehtimoli bor.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Karlo Anchelotti mavsum oxirida “Real”ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Alonso esa uning o'rniga asosiy nomzod ekani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, Alonsoning “Bayer” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting