Xabi Alonso Mbappening sog'lig'i haqida gapirdi
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Kilian Mbappening sog'lig'i haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq fransiyalik futbolchi o'tkir gastrit bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.
“U allaqachon sog'aydi, kasalxonadan qaytdi va tuzaldi. Biz uning “Zalsburg”ga qarshi o'yinda maydonga tushishiga umid qilamiz”, - deydi Alonso.
Ma'lumot uchun, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati doirasidagi “Real” - “RB Zalsburg” o'yini 27-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist