locale OZ

Xabi Alonso «Marsel»ni boshqarish taklifini rad etdi

Mutaxassisning bu qarorga kelishiga klubdagi ichki vaziyat sabab boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso «Marsel»ni boshqarish taklifini rad etdi
FOTO: Getty Images

«Bayer» va «Real Madrid» sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso «Marsel»ni boshqarish taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Roberto De Zerbi iste’fosidan so‘ng «Marsel» rahbariyati Alonso bilan bog‘langan, biroq mutaxassis ushbu chorlovni qabul qilmagan. Ispaniyalik murabbiyning bunday qarorga kelishiga klubdagi beqaror muhit va ichki vaziyat sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Xabi Alonso 12 yanvar kuni Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligidan ketgan edi — u ushbu lavozimda bor-yo‘g‘i yarim yil ishladi. 44 yoshli mutaxassis bunga qadar «Real Sosedad B» va «Bayer» klublarini boshqargan. Leverkuzenliklar bilan u Germaniya chempionligi, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Hozirda «Marsel» Fransiya Liga 1 turnir jadvalida 22 turdan so‘ng 40 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. Avvalroq, jamoani «Renn» sobiq ustozi Xabib Bey boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting