Xabi Alonso La Ligada eng yaxshi murabbiy deb topildi
ФОТО: Getty images
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso La Ligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Yangi murabbiy qo‘l ostidagi madridliklar uch o‘yinda ham g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan oyning 1-o‘rnida yakunladi. "Qaymoqranglilar" "Osasuna" (1:0), "Oviedo" (3:0) va "Mallorka"ni (2:1) mag‘lub etdi.
Alonso yakuniy ovoz berishda Ernesto Valverde ("Atletik") va Manolo Gonsalesni ("Espanyol") ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Alonso “Bayer”da ishlagan va jamoani Bundesligada chempion bo‘lishiga yordam bergan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist