locale OZ

Xabi Alonso futbolning go‘zalligini to‘rt so‘z bilan izohladi

“Chelsi” bosh murabbiyi futbolning asosiy jozibasi nimada ekanini tushuntirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso futbolning go‘zalligini to‘rt so‘z bilan izohladi
Foto: Getty Images

“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolning asosiy jozibasi nimada ekanini tushuntirdi. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, futbolning eng katta go‘zalligi — **“futbolchilarning maydondagi erkinligi”**da.

“Men uchun futbolning go‘zalligi — futbolchilarning maydondagi erkinligida. Ko‘p narsani mashg‘ulotlarda ishlab chiqish mumkin, ammo ayrim vaziyatlarni oldindan tayyorlab bo‘lmaydi. Ular futbolchilarning iqtidori tufayli o‘z-o‘zidan yuzaga keladi”, — dedi Alonso.

Murabbiyning aytishicha, mutaxassislar odatda o‘yinning barcha jihatlarini nazorat qilishga harakat qiladi. Biroq uchrashuv davomida shunday vaziyatlar yuz beradiki, murabbiy jarayonga ta’sir qila olmaydi va futbolchilarning individual mahorati hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso 2026-yil 1-iyul kuni “Chelsi” bosh murabbiyi etib tayinlangan. U o‘tgan mavsumni “Real Madrid” bosh murabbiyi sifatida boshlagan, biroq 2026-yil yanvarida Madrid klubini tark etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting