locale OZ

Xabi Alonso «Chelsi» nima 2030 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi — Romano

44 yoshli ispaniyalik mutaxassis faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso «Chelsi» nima 2030 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi — Romano
FOTO: Getty Images

Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso yaqin vaqt ichida Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinadi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

London klubi 44 yoshli mutaxassis bilan 2030 yilning iyuniga qadar moʻljallangan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi. Ma’lum qilinishicha, tomonlar kelishuvning barcha detallarini hal qilib boʻlishgan. Alonso yaqin kunlarda London qishlogʻiga yetib keladi va yangi jamoasida ish boshlaydi. Avvalroq klub va murabbiy oʻrtasida ogʻzaki va prinsipial kelishuvga erishilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xabi Alonsoning murabbiylik faoliyatidagi soʻnggi manzili Madridning «Real» klubi boʻlgan edi. U «qirollik klubi»ni 2025 yilning iyunidan 2026 yilning 12 yanvariga qadar boshqardi. Bu vaqt ichida jamoa uning qoʻl ostida 28 ta uchrashuv oʻtkazib, quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • Gʻalaba: 20 ta
  • Durang: 3 ta
  • Magʻlubiyat: 5 ta

Eslatib oʻtamiz, ispaniyalik mutaxassis Germaniyaning «Bayer» klubidagi muvaffaqiyatli faoliyati орқали ham tanilgan boʻlib, Leverkuzen jamoasi bilan oʻz tarixida ilk bor Bundesligada chempionlik shohsupasiga koʻtarilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting