locale OZ

Xabi Alonso “Barselona” futbolchisi transferini ma’qulladi

Barselona” esa himoyachining kelajagini muhokama qilishga tayyor bo‘lib, uning qishki transfer oynasidayoq klubni tark etishi ehtimoli mavjud.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso “Barselona” futbolchisi transferini ma’qulladi
Foto: Getty Images

“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso “Barselona” himoyachisi Jyul Kundeni jamoaga olib kelish g‘oyasini ma’qulladi. London klubi 27 yoshli fransiyalik futbolchining holatini kuzatib bormoqda va uning transferi yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Alonso o‘ng qanot himoyasini kuchaytirishni istamoqda va Kundening bir nechta pozitsiyada o‘ynay olishini yuqori baholamoqda. Futbolchining o‘zi ham “Chelsi”ga o‘tish variantiga ijobiy qarayotgani aytilmoqda.

Kundega “Chelsi”dan tashqari “Liverpul” va “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda. “Barselona” esa himoyachining kelajagini muhokama qilishga tayyor bo‘lib, uning qishki transfer oynasidayoq klubni tark etishi ehtimoli mavjud.

Ma’lumot uchun, Kunde 2022-yilda “Sevilya”dan “Barselona”ga o‘tgan. O‘sha paytda “Chelsi” ham futbolchini o‘z safiga qo‘shishga jiddiy harakat qilgan, biroq fransiyalik himoyachi yakunda Kataloniya klubini tanlagan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting