locale OZ

Wirtz — Kicker talqiniga ko'ra Germaniyada yil futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Wirtz — Kicker talqiniga ko'ra Germaniyada yil futbolchisi
Photo: Getty Images

“Liverpul” yarimhimoyachisi Florian Wirtz Kicker nashri tomonidan sport jurnalistlari o'rtasida o'tkazilgan yillik so'rovnomada Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Nomzodlar orasida Germaniya pasportiga ega bo'lgan futbolchilar, shuningdek, Bundesligada o'ynayotgan istalgan millat o'yinchilari bo'lishi mumkin edi.

So'rov natijalariga ko'ra, “Bayer”ning sobiq havbeki 191 ta ovoz oldi. “Bavariya”ning fransiyalik vingeri Maykl Olise 81 ovoz bilan ikkinchi o'rinni egalladi. “Shtutgart”ning germaniyalik hujumchisi Nik Voltemade 71 ovoz bilan uchinchi pog'onadan joy oldi.

O'tgan mavsumda 22 yoshli Wirtz barcha turnirlarda 45 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting