locale OZ

Wilson «Vest Hem»ni tark etadi

Hujumchining bozor bahosi 5 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Wilson «Vest Hem»ni tark etadi
ФОТО: Getty images

33 yoshli markaziy hujumchi Callum Wilson «Vest Hem»ni erkin agent sifatida tark etadi. Bu haqda jurnalist Pete O'Rourke xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Wilson o‘tgan yil avgustida «bolg‘achilar» safiga tekin qo‘shilgandi. Shu vaqt mobaynida u 16 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.

Futbolchi faoliyati davomida faqat Angliya klublarida to‘p tepgan. Bungacha «Nyukasl», «Bornmut», «Koventri» va boshqa jamoalarda o‘ynagan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor bahosi 5 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting